Benzema Vinisiusni maqtadi
"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema sobiq jamoadoshi Vinisius Juniorning hozirgi saviyasi haqida gapirdi.
"Vini klub uchun nimalar qilganini unutmaslik kerak. Uni ko‘p hollarda nohaq tanqid qilishmoqda. U katta bosim ostida qolyapti. Albatta, Vinisius bundanda yuqori darajada o‘ynay oladi va buni isbotlab ham ulgurgan. Hozirgi formasini ham yomon deya olmayman", - dedi frantsiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda umumiy 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar