
Benzema yana Frantsiya terma jamoasiga qaytishi mumkin
Karim Benzema so‘nggi marta Frantsiya terma jamoasida 2015 yilning kuzida o‘ynagan. Shundan buyon "Real" hujumchisi qancha gol urmasin, Matyo Valbuenani shantaj qilish haqidagi janjalli voqea tufayli bosh murabbiy Dide Desham uni tarkibga chaqirmadi.
Biroq, Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyining bu boradagi fikri o‘zgarishi mumkin. L'Equipe nashrining xabar berishicha, Benzema “Evro-2020”ga boradigan Frantsiya terma jamoasi futbolchilari ro‘yxatiga chaqirilishi mumkin. Ro‘yxat bugun ommaga e’lon qilinishi kutilmoqda.
Karim Benzema joriy mavsum "Real" tarkibida jami 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu bellashuvlarda o‘z hisobiga 29 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Frantsiya Evropa chempionatining “F” guruhida kurash olib boradi. Ushbu guruhda frantsuzlardan tashqari Germaniya, Vengriya va Portugaliya terma jamoalari ham joy olgan.
Fikrlar