
Prokuratura Benzemani nega chaqirdi?
Versal prokuraturasi “Real” to‘purari Karim Benzemani sudga tortilishini talab qilmoqda.
Gap shundaki, Benzema “Olimpiakos” futbolchisi Mate Valbuenani shantaj qilgani uchun sudda javob berishi kerak.
Bu voqea 2015 yili sodir bo‘lgan edi. O‘shanda bir guruh futbolchilar Valbuenaning intim xarakterdagi videosini internetdan tarqatish bilan tahdid qilgan. Benzema o‘rtada vositachi vazifasini bajarganlikda ayblanmoqda.
Bu voqeadan keyin Karim Benzema Frantsiya terma jamoasidan chetlatilgan.
Fikrlar