
Benzemaning qaytishi bilan futbolkalar sotuvi 2400 foizga oshdi
"Real" hujumchisi Karim Benzemaning Frantsiya terma jamoasiga chaqirilishi terma jamoa liboslari savdosiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Tarkib e’lon qilingandan beri Frantsiya terma jamoasi futbolkalari savdosi 2400 foizga o‘sdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Benzemaning qaytishi “Evro-2020”da ishtirok etadigan terma jamoalar orasida libos sotish bo‘yicha Frantsiyani birinchi o‘ringa olib chiqishi mumkin. Amaldagi jahon chempionlarining texnik hamkori Nike kompaniyasi hisoblanadi.
Frantsiya terma jamoasi Evropa chempionatining “F” guruhida kurash olib boradi. Ushbu guruhdan Germaniya, Portugaliya hamda Vengriya terma jamoalari ham joy olgan.
Fikrlar