Bernardu Silva Abduqodir Husanov va Maks Alleyning oʻyinini yuqori baholadi

  • 14.01.2026 03:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" sardori va yetakchisi Bernardu Silva "Nyukasl"ga qarshi to‘qnashuvdan so‘ng jamoaning ikki markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov va Maks Alleyning o‘yini yuqori baholadi.

"Abduqodir Husanov va Maks Alleyn so‘nggi o‘yinlarda ajoyib harakat qildi. Ular ko‘rsatgan shaxsiyat va xarakter — bu oson ish emas. Bunday darajada, shuncha bosim ostida jamoaga kirib kelish, orqadan o‘yin qurishga jur’at qilish, barqaror va ishonchli o‘ynash juda qiyin.

Yana bir bor juda og‘ir stadionda o‘ynadik, bu yerda o‘ynash qanchalik murakkabligini bilamiz, ammo ular juda yaxshi harakat qildi. Antuan Semenyo ham xuddi shunday. Jeyms Trafford esa bir nechta muhim seyv qildi va bugun biz uchun juda zo‘r o‘yin ko‘rsatdi", - deya fikr bildirib o‘tdi portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, bugun "shaharliklar" Semenyo va Sherkining gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchib, javob bellashuvi oldidan o‘zlari uchun qulay imkoniyat yaratib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!