
Bernardu Silvaning dubli "Manchester Siti"ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (video)
Angliya kubogining 3-raundida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Birmingem”ni qabul qildi.
Kutilganidek, “Siti” bu o‘yinda raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi va 3:0 hisobida zafar quchdi. “Shaharliklar”ga g‘alaba keltirgan gollarni Bernardu Silva (8', 15') hamda Fil Foden (33') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar