
"Betis" safarda "Osasuna"ga imkon qoldirmadi (video)
Ispaniya La Ligasining 6-turida “Betis” safarda “Osasuna”ga qarshi bahs olib bordi.
“Estadio El Sadar” o‘yingohida kechgan uchrashuv murosasiz va gollarga boy o‘tdi. Yakunda esa 1:3 hisobida “Betis” g‘alaba qozondi. Shu kuni mehmonlarga g‘alaba keltirgan gollarni Kike Ermoso (21'), Xuanmi (81') va Villian Joze (90+3') kiritgan bo‘lsa, mezbonlarning yagona javob goliga Kike (39') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar