"Beyjing Guan" klubi Sergeev o‘rniga Podolskini olib kelmoqchi

  • 6 yanvar, 2017, 18:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Xitoy Super Ligasi klublari bu yilgi qishki transfer mavsumida butun dunyo futbol muxlislarini hayratga soladigan xaridlarni amalga oshirmoqdalar.

Tecno

Biroq boshqa jamoalaridan farqli o‘laroq Pekinning “Beyjin Goan” klubi yirik xaridlarni amalga oshirishga shoshilmayapti. Turk matbuotida tarqalgan xabarlarga ko‘ra pekinliklar “Galatasaroy” hujumchisi Lukas Podolskini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topsa, 31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni “Beyjin Goan” tarkibida o‘tkazgan O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevning o‘rnini egallaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!