
Beyl: "Barselona" va butun dunyo tayyor tursin"
"Sauthempton," "Tottenxem" va "Real" klublarining sobiq futbolchisi Garet Beyl Madrid klubi uchun yangi davr boshlanayotganini aytdi. Avvalroq, "qaymoqranglilar" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida PSJga yirik hisobda (0:4) imkoniyatni boy bergandi.
"Barselona" va butun dunyo tayyor tursin. "Real" uchun yangi davr boshlanmoqda," - deya Beylning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra X ijtimoiy tarmog‘ida.
O‘tgan mavsumda "qaymoqranglilar" UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan, ammo La Ligada "Barselona"ga imkoniyatni boy bergandi. Chempionlar ligasi doirasida Madridning "Real" klubi 1/4 final bosqichida o‘z yurushini to‘xtatdi. Joriy yilning yozida "qaymoqranglilar"ni Leverkuzenning "Bayer" klubida ishlagan Xabi Alonso qabul qilib oldi.
Fikrlar