Beyl faoliyatini yakunlaydi

  • 7 iyul, 2021, 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi hujumchisi Garet Beyl klub miqyosidagi faoliyatini yakunlamoqchi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ammo 31 yoshli futbolchi Uels terma jamoasida o‘ynashda davom etmoqchi. Aniqrog‘i, Beyl "Real" bilan shartnomasi oxirigacha, ya’ni 2022 yilning yozigacha o‘ynaydi va shundan so‘ng boshqa hech bir klub bilan shartnoma imzolamaydi.

Beyl 2022 yil Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida Uels terma jamoasi bilan birga ishtirok etmoqchi.

Garet Beyl o‘tgan mavsumni "Tottenxem" safida ijarada o‘tkazdi. U “shporlar” tarkibida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!