Beyl hamon "Real" uchun bosh og‘rig‘i bo‘lmoqda

  • 14 noyabr, 2020, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ijara asosida “Tottenxem” sharafini himoya qilayotgan Garet Beyl oldida faoliyatini davom ettirish uchun uchta variant bor.

Tecno

Uelslik yulduz mavsum oxirida ijara muddati yakunlanishi bilan Madridga qaytib borib, “Real” tarkibiga qo‘shilishi mumkin. Bu madridliklarni qoniqtirmaydi. Chunki Beyl qaytadigan bo‘lsa, klub unga yiliga 30 million evro maosh to‘lashi kerak.

Ikkinchi variant ham “Qirollik klubi” uchun chiqimdan iborat. Ya’ni, Beyl kelasi mavsum ham “Tottenxem”da ijarada qoladi va Florentino Peres uning maoshini yarmini to‘laydi.

“Real” kutayotgan eng maqbul variant londonliklarning hujumchini to‘liq sotib olishidir. Agar bu variant amalga oshsa, madridliklar Beyl maoshidan tejalgan mablag‘ni Erling Xoland va Kilian Mbappe transferiga yo‘naltiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!