Beyl super murabbiy qo‘l ostida to‘p suradi

  • 20 avgust, 2020, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino yozgi transferlar vaqtida Garet Beyl bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda.

“Real”da Zinedin Zidan bilan kelisha olmay qolgan uelslik hujumchi avvaliga jamoada qolish niyatidaligini bildirgan edi. Biroq vaziyat uning uchun yomon tomonga o‘zgardi.

Klub rahbariyati Garetni jamoani tark etishi kerak bo‘lgan 17 nafar futbolchi ro‘yxatiga kiritdi. Qolaversa, “Real”ning ashaddiy muxlislari Beylni o‘tgan mavsumning eng yomon o‘yinchisi, deb topdi.

Tajribali Joze Mourino agar Beyl “Tottenxem”ga kelsa uni avvalgi darajasiga olib chiqishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!