
Beyl uyalib qoldi
“Real”dagi joyini yo‘qotgani uchun yozgi transferlar vaqtida “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tgan Garet Beyl bosh murabbiy Joze Mourinoni o‘z salohiyatiga ishontira olmadi.
Katta umidlar bilan Angliyaga qaytarilgan uelslik futbolchi kutilgan o‘yinni namoyish qilmagan. Angliya premer-ligasining to‘rtta uchrashuvida maydonga tushgan hujumkor futbolchi bitta gol urdi xolos. Mourino uning ijara muddatini cho‘zmaydigan bo‘ldi.
Endi Garet Beyl yozdi “Real”ga qaytib, asosiy tarkibga kirish uchun yana bir bor urinib ko‘radi.
Fikrlar