Beyl yana "Real"ga qaytadimi?

  • 15 dekabr, 2020, 06:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" forvardi Garet Beyl yana Ispaniya chempionatiga qaytishni xohlayapti.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli uelslik futbolchi ijara muddati yakunlangach, yana "Real"ga qaytmoqchi va shartnomasi oxirigacha, ya’ni 2022 yilgacha “Qirollik klubi”da qolmoqchi.

Beyl “Real”dagi vaziyat, xususan, bosh murabbiy Zinedin Zidanning iste’foga chiqarilishi haqidagi mish-mishlarni diqqat bilan kuzatmoqda.

Beyl joriy mavsum “Tottenxem” safida APLda 3 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!