Bilasizmi? "Ayaks" EChLda birinchi bo‘lib gol urgan o‘yinlarda hech qachon yutqazmagan

  • 9 may, 2019, 00:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor “Ayaks” ayni damda Amsterdamda EChL yarim final javob bahsi doirasida “Tottenxem”ni qabul qilmoqda va birinchi bo‘limda 1:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda.Mezbonlarning uchrashuvdagi dastlabki goliga Matteys de Ligt mualliflik qildi.

E’tiborlisi, bu “Ayaks” uchun Chempionlar ligasidagi 150-gol bo‘ldi. Ular ushbu natijaga erishgan ilk Gollandiya klubiga aylanishdi.

Bundan tashqari, “Ayaks” shu paytgacha EChL o‘yinlarida birinchi bo‘lib gol urib, hech qachon yutqazmagan. Ular 41ta o‘yinda g‘alaba qozonishgan va 8tasida durang qayd etishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Ayaks” Londondagi ilk uchrashuvda “shporlar”ni 1:0 hisobida engan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
09/05/2019 02:07
Биринчи марта булиши керак эди-ку