
Bilasizmi? Braziliya terma jamoasi so‘nggi 12 yilda ilk bor Amerika kubogi finaliga chiqdi
Xabaringiz bor bundan biroz avval Amerika kubogining yarim finalida Braziliya terma jamoasi Argentinani 2:0 hisobida engdi va finalga yo‘l oldi.
E’tiborlisi, pentakampeonlar shu tariqa 2007 yildan buyon ilk bor Amerika kubogida finalga chiqishdi. O‘sha yilgi musobaqada Brazaliya hal qiluvchi bahsda Argentinaga qarshi bahs olib borgan va 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya bu safar finalda ertaga bo‘lib o‘tadigan Chili – Peru juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar