Bilasizmi? Grizmanning "Barselona"dagi golsiz seriyasi nechta o‘yinga etdi?
"Barselona" klubi forvardi Antuan Grizmann kecha La Liganing 13-turidan o‘rin olgan "Selta"ga qarshi o‘yinni ham golsiz o‘tkazdi.
E’tiborlisi, frantsiyalik futbolchi qatorasiga 5 ta o‘yindan buyon “ko‘k-anor ranglilar” safida gol ura olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Grizmanni o‘tgan yozgi transferlar davrida “Atletiko”dan 120 mln evroga sotib olgan edi. U hozircha 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar