Bilasizmi? "Mash’al" Muborakdagi "Nasaf"ga qarshi o‘yinlarda ustunlikka ega

  • 19.06.2020 16:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

19 iyun kuni Coca-cola Superligasi 5-turiga start beriladi. “Ajdarlar” Coca-cola Superligasi 5-turida Muborakning “Mash’al” jamoasi mehmoni bo‘ladi. “Mash’al” – “Nasaf” uchrashuvi 21 iyun kuni Muborakdagi “Bahrom Vafoev” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 19:00da boshlanadi. "Nasaf" klubi matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 30 bor kuch sinashishgan. Natijalar qarshiliklarning ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 16 uchrashuvda “ajdarlar”, 8 o‘yinda esa “gazchilar” g‘alabaga erishgan. 6 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar farqi 48-28ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Mash’al” 3:0, “Mash’al” – “Nasaf” 4:1. Qarshiliklar so‘nggi o‘zaro o‘yinni 2017 yili 26 oktyabr kuni Muborakda o‘tkazgan. Bu bahs 1:2 hisobida yakunlangan.

Muborakdagi o‘zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Muborakda 15 bor kuch sinashishgan. 3 uchrashuvda mehmonlar g‘alaba qozongan. 6 uchrashuvda durang qayd etilgan va 6 uchrashuvda mezbonlar g‘alaba qozonishgan. Darvozalarga jami 33ta to‘p kiritilgan. To‘plar farqi 18-15.

E’tiboringizga, Muborakda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

26.10.2017 Mash’al–Nasaf 1:2

01.07.2016 Mash’al–Nasaf 1:0

20.11.2015 Mash’al–Nasaf 1:0

02.11.2014 Mash’al–Nasaf 1:1

26.04.2012 Mash’al–Nasaf 0:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!