
Bilasizmi? "Turon" klubi "Buxoro" bilan 6 marta to‘qnash kelib, 2 bor zafar quchgan
Xabaringiz bor, bugun “Turon” Superliganing 14-turi doirasida safarda Buxoroning “Buxoro” klubi mehmoni bo‘ladi. "Turon" klubi matbuot xizmati bellashuvga oid ma’lumotni taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar jadvaliga nazar tashlasak, jamoalar bugungacha rasmiy o‘yinlarda 6 bor to‘qnash kelishgan. Bir uchrashuv yaypanliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa, 2 bahsda durang natija qayd etilgan. Yana 3 ta o‘yin “Buxoro” zafar quchgan. To‘plar farqi: 8-7, buxoroliklar foydasiga.
Quyida jamoalarning ortda qolgan o‘zaro uchrashuvlarida qayd etilgan natijalarni xronologik ketma-ketlik asosida ko‘rib chiqamiz:
19.03.2022. Pro-liga. 3-tur.
“Buxoro” - “Turon” 2:1
Gollar: Sobit Sindarov, 1 (1:0), Obid Jo‘raboyev, 14 (2:0), Xumoyun Murtozaev, 21 (2:1).
13.06.2022. Pro-liga. 12-tur.
“Turon” - “Buxoro” 2:0
Gollar: Xumoyun Murtozaev, 9 (1:0), Xumoyun Murtozaev, 18 (2:0).
25.09.2022. Pro-liga. 19-tur.
“Turon” - “Buxoro” 2:2
Gollar: Abdulazizxon Abdurashidov, 16 (1:0), Abduxoliq Qurbonov, 24 (1:1), Ro‘zimboy Ahmedov, 50 (1:2), Xumoyun Murtozaev, 62 (2:2).
01.11.2022. Pro-liga. 24-tur.
“Buxoro” - “Turon” 1:0
Gol: Ro‘zimboy Ahmedov, 48 (1:0).
05.03.2023. Superliga. 1-tur.
“Turon“ - ”Buxoro“ 1:2
Gollar: Xumoyunmirzo Iminov, 30 (0:1) Anri Tchitchinadze, 46 (1:1), Temur Ismoilov, 80 (1:2).
12.04.2023. O‘zbekiston kubogi. 1-tur.
”Buxoro“ - ”Turon“ 1:1
Gollar: Obid Jo‘raboev, 29 (1:0), Milan Boyovich, 90+4 (1:1).
Bugungi bahs jamoalar ishtirokidagi o‘zaro 7-o‘yin bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, ”Buxoro“ - ”Turon“ uchrashuvi ”Sport“ telekanali orqali bugun soat 19:50dan boshlab jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar