
Bilich Chempionship klubida ish boshlashi mumkin
Xorvatiyalik murabbiy Slaven Bilich Chempionshipda faoliyat olib boradigan "Vest Bromvich" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "qorayaloqlar"ga ustozlik qilishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida Kris Xyuton, Kris Uaylder va Bruno Labbadiyalar ham o‘rin olgan.
Xabarda aytilishicha, tomonlar maosh borasida kelisha olmayapti, ammo bu Bilichning Vest Bromda ish boshlashiga halal qilmasligi aytilmoqda.
Fikrlar