
Bir futbolchi Benzema va Mbappeni o‘zi bilan bir jamoada o‘ynashga chaqirdi
Qator etakchi klublar nishonida turgan “Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini “Real”da davom ettirishni istayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, u Frantsiya terma jamoasidagi jamoadoshlari Karim Benzema va Kilian Mbappega birgalikda “Qirollik klubi”da o‘ynashni taklif qilgan.
Kunde “Sevilya”ni tark etib, Evropa chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir klubda to‘p tepishni xohlayapti. O‘z navbatida, Kilian Mbappe ham madridliklar safiga qo‘shilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
“Real” mutasaddilari ham anchadan beri Kundeni kuzatmoqda va bu futbolchi himoya markazini kuchaytirishga ishonmoqda.
Fikrlar