
Birinchi liga: "Gollar shousi" da "Surxon" mag‘lub bo‘ldi
Bugun Respublikamizning bir qator shaharlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati birinchi liga jamoalari navbatdagi 31-tur uchrashuvlarida maydonga tushishdilar. Xususan Termizdagi "Alpomish" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Surxon" jamoasi Muborakning "Mash’al-2" jamoasi qabul qildi, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvning 6 daqiqasidayoq mehmonlar hisobchi ochishdilar. Ximoyachilarning xatosidan unumli foydalangan Muni Mirmuxsin uchrashuvda hisobni ochdi 0-1. Oradan xech qancha vaqt o‘tmasdan aniqrog‘i 9 daqiqada Rajabov Mirjalol yana bir bor himoyachilar hatosidan unumli foydalanib hisobni 0-2 etkazdi. Chap qanot himoyasida xarakat qilgan legioner Vladislav Pavlenko ushbu chiziqda juda sust xarakat qildi. Surxon jamoasining chap qanot himoyachisi xisoblangan Akbar Murodov sariq kartochkalari soni 4 taga etganligi sababli ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur edi va uning joyi bugun juda bilindi.
39 daqiqada hisob yana o‘zgardi. Najmiddin Normurodov bilan yakamma-yakka kurashda ustunlikka erishgan Shaxzod Ubaydullaev Akrom Xodjaev bilan birga - bir vaziyatdan unumli foydalanib xisobni 0-3 etkazdi.
Oradan 1 daqiqa o‘tar - o‘tmas Nuriddin Hasanovga nisbatan "Mash’al" futbolchisi qo‘pollik ishlatdi va xakam 11-metrlik jarima zarbasi belgiladi. Jonibek Kuchimov penaltini aniq amalga oshirib hisobni qisqartirdi 1-3.
Birinchi bo‘lim ushbu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishida xakam yana 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Bu safar Jonibek zarbani noaniq amalga oshirdi va hisob o‘zgarmay qoldi.
Uchrashuvning 58 daqiqasida Shaxzod Ubaydullaev o‘zining dublini nishonladi. Bu safar u 11-metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi 1-4.
Uchrashuning 77 va 86 daqiqalarida Sanjar Baratov o‘zining dublini nishonladi va xisob 3-4 ga etdi.
Uchrashuvda juda ko‘p to‘htalishlar bo‘lganligi sababli uchrashuv xakami ikkinchi bo‘limga 7-daqiqa qo‘shib berdi lekin afsuski bu daqiqalarda "Surxon" jamoasi xar qancha xarakat qilmasin hisobni tenglashtira olmadi.
Drammatik tarzda kechgan uchrashuvda "Mash’al-2" futbolchilari g‘alaba qozondilar.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari "Surxon" jamoasidan Sanjar Baratov bo‘lgan bo‘lsa, "Mash’al-2" tarkibida Shaxzodbek Ubaydullaevlar bo‘ldilar.
Birinchi liga 31-tur.
12.10.2017.
"Surxon" (Termiz) - "Mash’al -2" (Muborak) 3:4
Hakamlar: I. Xudaydatov (Toshkent), S. Ulfatov (Toshkent vil.), S. Nishonboev (Toshkent)
Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent)
Gollar: Yusupov Munimirmuxsin 6, Rajabov Mirjalol 9, Shaxzod Ubaydullaev 39, 58, Jonibek Kuchimov 41, Sanjar Baratov 77, 86
"Surxon": 35. Akrom Xodjaev4. Mirjalol Kurbonov 5.Najmiddin Normurodov 6. Nuriddin Xasanov 7. Azizbek Usmonov 8. Farrux Xaydarov 9. Nizomjon Norov 17. Sanjar Baratov 19. Vladislav Pavlenko 21. Akmal Abduraxmonov 77. Jonibek Kuchimov
Zaxira: 1. Ruslan Matniyazov 18. Sardor Arabov 47. Islom Puladov 27. Ulugbek Mamanorov 22. Timur Mamadaliev
"Mash’al-2": 40. Tuxtaboev Dostonbek 5. Togaev Shaxzod 7. Yusupov Munimirmuxsin 8. Inoyatov Axrorjon 10. Ubaydullaev Shaxzodbek 16. Xolmurodov Xolmurod 20. Rustamov Sunnatilo 47. Rajabov Mirjalol 55. Toshpulatov Muxammad 70. Nazarov Yodgor 90. Abduraimov Shaxboz
Mash’al-2 zaxirasida: 1. Ziyavuddinov Shuxratbek 9. Akromov Zafarbek 17. Egamberdiev Mirzoxid 24. Rizvonov Muxiddin 26. Farxadov Boburbek
Fikrlar