
Birinchi liga. "Nurafshon" safar o‘yiniga bormaydigan bo‘ldi
Bugun Birinchi liga 35-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Xaqqulobodda "Norin" jamoasi o‘z uyida "Nurafshon"ni qabul qilishi kerak edi.
Bizga etib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, Buxoroning "Nurafshon" jamoasi Xaqqulobodga kelmaydigan bo‘ldi. Bu jamoani moliyaviy qiyinchiliklarga uchrayotgani bilan bog‘liq ekanligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avval ham "Nurafshon" jamoasi "NBU-Osiyo" ga qarshi safardagi uchrashuvga bormagandi va PFL tomonidan jarimaga tortilgan edi. Bu "Nurafshon"ning ikkinchi safar uchrashuviga bormasligi bo‘lishi mumkin.
@birinchiliga_sportsuz
Fikrlar