Birinchi xavfli hujumni yaratgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 3 mart, 06:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya A Seriyasining 27-turida “Roma” futbolchilari “Olimpiko” arenasida liga debyutanti “Komo”ni qabul qilib, 2:1 hisobida qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

Rimliklar birinchi bo‘lim oxirlarida o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi. Klaudio Raneri tanaffusdan keyinoq taktikani o‘zgaritirib, yangi o‘yinchilarni maydonga tushirdi.

Uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov birinchi bo‘limdan keyin o‘rnini jarohatdan qaytgan Artyom Dobikka bo‘shatib berdi.

O‘yinchi almashtirishlar foyda berib, zaxiradan bahsga qo‘shilgan Salesakers va Dovbik g‘alabani ta’minladi.

Nufuzli manba – vocegiallorossa.it sayti “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.

Svilar 6:

Himoyachilar bilan o‘ynashiga to‘g‘ri keldi va ko‘pinchi muxlislarni xavotirga soldi. Uchrashuvda uni ko‘p bezovta qilishmadi. Golda uni ayblab bo‘lmaydi.

Chelik 6,5:

Raqibning asosiy hujumchisi Diaoni yopib qo‘ydi. Salemakers gol urgan vaziyatda unga to‘pni aynan turk futbolchisi ozirib berdi.

Rensh 6,5:

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan bu yarim himoyachi bir pasi bilan jamoadoshi Dovbikni qulay vaziyatga chiqarib yubordi.

Manchini 5,5:

“Komo” gol urgan vaziyatda tajribali himoyachi pozitsiya tanlashda adashdi. Keyinchalik raqib hujumlarini bartaraf etishda o‘zini ko‘rsata oldi.

Ndika 6,5:

Raqib futbolchisi Strefetstsaga mezbonlar darvozasiga xavf solishga imkon bermadi.

Sule 6:

Ko‘p lekin besamar harakat qildi.

Salemakers 7:

60-daqiqada Suleni alishtirgan Salemakers gol urib, o‘yinda burilish yasadi.

Kone 6:

Raqib hujumlarini qaytarishda faollik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, “Roma”ning oldinga boshlashdi bo‘sh o‘ynadi.

Kristante 7:

Ikkinchi bo‘limda Konening o‘rniga tushgan futbolchi to‘pni nazorat qilishda jonbozlik ko‘rsatdi. G‘alaba golida ishtirok etdi.

Paredes 6:

Himoya oldida jamoasi pozitsiyasini yaxshi ushlab turdi.

Anjelino 6:

Strefetstsaga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keldi. O‘yinning birinchi yarmida ustunlik raqib tomonida edi. Keyinchalik Anjelino unga imkon bermadi.

Dibala 7:

Birinchi bo‘limni butun jamoa singari juda bo‘sh o‘tkazdi. Keyinchalik o‘z darajasida o‘ynay boshladi.

Pellegrini 6:

Uchrashuvda hisobni ochishi mumkin edi. Eldor Shomurodov yaratib bergan vaziyatdan foydalana olmadi. Birinchi bo‘limdan keyin o‘rnini Stefan El-Shaaraviga bo‘shatib berdi.

El-Shaaravi 6:

O‘yinga yaxshi qo‘shilib ketdi. Gol urishga harakat qildi. Uning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

Shomurodov 5,5:

Uchrashuvdagi birinchi xavfli vaziyatni yaratdi. Uning pasidan Pellegrini unumli foydalana olmadi. Birinchi bo‘limda faol harakat qilishga urindi. Biroq to‘p bilan ishlashda xatolarga yo‘l qo‘ydi. Himoyaga bosim o‘tkazishni kanda qilmadi, lekin bu hech qanday foyda keltirgani yo‘q.

Dovbik 7:

Ikkinchi bo‘limda Shomurodovni alishtirgan ukrainalik hujumchi g‘alaba to‘pini kiritdi.

Raneri 7:

Klaudio Raneri o‘yinga o‘zgartirish kiritish orqali mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantira oldi. Uning qo‘l ostida “Roma” engilmas jamoaga aylanib bormoqda. Mag‘lubiyatsiz seriya davom etadi.

“Roma” 43 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida sakkizinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va Evropa kuboklari yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.

Shomurodovning qadriga etishmadi!

Premer-ligaga yana bir o‘zbek legioneri keladi!
Gol va assist: Legionerimiz o‘yin qahramoni bo‘ldi!

Husanovni “Manchester Siti”da hali nimalar kutmoqda?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!