Birorta Evropa klubi buncha to‘lamaydi: Neymar yangi jamoasidagi maoshi oshkor bo‘ldi

  • 13 avgust, 2023, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar tez orada “Al-Hilol” jamoasiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Har ikki klub bu transfer masalasida bir to‘xtamga kelgan.

Tecno

Neymarning o‘zi ham Parijni tark etish ilinjida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qarshi emasligi aytilmoqda.

Frantsiya matbuotining yozishicha, 31 yoshli hujumchi “Al-Hilol” bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, saudiyaliklar futbolchi bilan ikki mavsum hamkorlik qiladi va bu vaqt mobaynida 160 million evroga yaqin maosh to‘laydi.

Neymar 2017 yildan beri PSJ sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Tajribali hujumchi parijliklar safida jami 173 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 118 ta gol va 77 ta assist rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!