
Bizga Xoland kerakmas!
“Bavariya” prezidenti Gerbert Xayner jamoa rahbariyati “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandga da’vogarlik qilmasligini bildirdi.
- “Bavariya” Xolandni o‘z safiga qo‘shib olmaydi, chunki bizda Robert Levandovski bor, - dedi Xayner jurnalistlarga.
Ayni paytda ko‘pchilikni norvegiyalik to‘purarning qaysi jamoani tanlashi qiziqtirmoqda. Xolandning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha imzolangan. Lekin dortmundliklar kelasi yozda 21 yoshli futbolchini saqlab qola olmaydi.
Xoland 2020 yilning yanvarida Dortmundga kelganidan beri jami 75 ta uchrashuvda qatnashib, 76 ta gol urdi.
Iste’dodli hujumchini “Real”, PSJ, “Barselona”, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” kabi jamoalar o‘z safida ko‘rishni istamoqda.
Fikrlar