
BMB klubi mavsum oldidan jamoaga yangi taklif etilgan futzalchilarni ommaga tanishtirdi
BMB jamoasida legioner futzalchilar safi yanada kengaydi. Klub Serjino Paulista, Viktor Hugo Pires Dos Santos (Vitino) bilan shartnoma imzoladi. O‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Hebbert Oliveyra (Bolt), mavsum yulduzi nominatsiyasi bilan taqdirlangan Paulo Enrike hamda Aleks Dias , Joao Florensio de Silva Netolar bilan tuzilgan shartnoma muddati uzaytirildi.
Shuningdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasiga munosib futzalchilarni etishtirish maqsadida klub yosh iqtidorlar — Ashirbek To‘lqinov, Bekzod Mirqosimov, Abdulboriy Ilyosov va Abbosbek O‘lmasbekov bilan shartnoma imzoladi.
ch
Fikrlar