
Boateng uchun Evropaning 3 ta grandi kurash olib bormoqda
Xabaringiz bor bundan avvalroq "Bavariya" klubi himoyachi Jerom Boatengni transferga qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.
Sport1 tarqatgan xabarga qaraganda 30 yoshli germaniyalik futbolchi uchun PSJ, "Yuventus" va "Borussiya" Dortmund klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Boateng “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida myunxendiklar safida jami 286ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning narxi 30 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar