Boatengni Londonda kutishmoqda

  • 07.04.2020 22:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning ikki klubi - "Chelsi" va "Arsenal" mavsumlar oralig‘idagi transferlar davrida "Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng uchun kurash olib borishadi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

“Bavariya” bundan avvalroq Boatengni karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortgan edi. Futbolchi shu sababdan ham myunxenliklar safidan ketishi mumkin.

31 yoshli Boateng “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!