
Bogdan Guskov UFC reytingida TOP 15 talikdan o‘rin oldi
Ma’lumki, 28 aprel kuni UFC Fight Night turnirida yurtdoshimiz Bogdan Guskov yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida TOP 15 talikdan o‘rin olgan, yanada aniqroq qilib aytsak, o‘sha jangga qadar 11-pog‘onada qayd etilgan Rayan Spennga qarshi jang qildi, Quvonarlisi, hamyurtimiz jangning 2-raundida raqibini nokaut bilan mag‘lub etgandi.
Ushbu g‘alaba Bogdan Guskovga TOP 15 talikka kirishi uchun etarli bo‘ldi. Ya’ni, yurtdoshimiz yangilangan reytingda 12-o‘rinda qayd etildi. Mag‘lub bo‘lgan Spenn esa 15-pog‘onaga tushib ketdi.
Shu tariqa Guskov UFCning TOP 15 reytingidan o‘rin olgan ilk o‘zbekistonlik jangchiga aylandi.
Fikrlar