Boks. 2023 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga Tailand mezbonlik qiladi

  • 02.12.2022 11:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2023 yilning 16-27 yanvar kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musobaqada 2001, 2002, 2003 va 2004 yillarda tug‘ilgan bokschilar qit’a chempionligi uchun kurashadilar. Reglamentga ko‘ra, yigitlar 13 ta, qizlar esa 12 ta vazn toifasida chempionlarni aniqlab olishadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yosh toifasidagi musobaqa ikkinchi bor tashkil etiladi. Bungacha 2022 yilning yanvarida Toshkent ilk marotaba mazkur chempionatga mezbonlik qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!