Boks. 6 nafar vakilimiz jahon chempionatining yarim finaliga yo‘llanma oldi

  • 22 noyabr, 2022, 10:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi vakillari Ispaniyada davom etayotgan jahon chempionatida ishtirok etayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Ortda qolgan kun dasturida 9 nafar vakilimiz chorak final bosqichida ringga ko‘tarilib, ularning 6 nafari yarim final yo‘llanmasi bilan birga musobaqa medalini naqd qildi.

Tecno

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, hamyurtlarimiz ishtirokidagi janglarda quyidagi natijalar qayd etilgan:

-48 kg: Gulsevar G‘anieva - Yi-Xuan Guo (Xitoy Taipeyi) G‘alaba
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova - Krisovalanu Kutsokristu (Germaniya) Mag‘lubiyat
-63 kg: Sitora Bahodirova - Magali Errera (Argentina) Mag‘lubiyat
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiev - Sheyn Rayyan (Irlandiya) G‘alaba
-67 kg: Javohir Ummataliev - Ares Xakobyan (Armaniston) G‘alaba
-70 kg: Aziza Zokirova - Gauxar Shaibekova (Qozog‘iston) G‘alaba
-81 kg: Oltinoy Sotimboeva - Elena Pepek (Polsha) G‘alaba
-75 kg: To‘rabek Xabibullaev - Alik Ovanisyan (Armaniston) G‘alaba
-92 kg: Aynazar Kenesbaev - Muhammad Holid (Misr) Mag‘lubiyat

Ma’lumot uchun, jahon chempionatining yarim final janglari ertaga o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!