
Boks. Ayollar terma jamoamizning yarim finalda qatnashgan ikki a’zosi finalga chiqdi, yana biri bronzani naqd qildi
Ammanda davom etayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasida yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Finaldan oldingi bosqichda 3 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi.
Jumladan, -66 kg Navbahor Hamidova Hindiston vakili Boro Ankushitani, -75 kg vazn toifasida Sohiba Ro‘zmetova Filippin vakili Batsyadan Xergini mag‘lub etgan holda finalga chiqdi.
Afsuski, -48 kg vazn toifasida Farzona Fozilova yarim finalda qozog‘istonlik Alua Blkibekovaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar