
Boks bo‘yicha jahon chempionatida jami nechta medal qo‘lga kiritildi?
Polshada yakuniga etgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston qizlar va o‘g‘il bolalar terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etdi.
Qizlarimizdan -54 kg vazn toifasida Nigina O‘ktamova jahon chempionati ilk oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -64 kg vaznda Mohinabonu Abdullaeva kumush medal sohibiga aylandi.
Bundan tashqari, yana 4 nafar qizlarimiz -57 kgda Sitora Turdibekova, -60 kgda Dilfuza Bekova, -75 kgda Sohiba Ro‘zmetova va -69 kg vaznda Hadichabonu Abdullaeva bronza medaliga ega bo‘ldilar.
Bu borada yigitlarimizda garchi medallar soni kamroq bo‘lsa-da, chempionlar soni ko‘proq bo‘ldi.
Finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda etib kelgan -52 kg vaznli bokschimiz Shahzod Muzaffarov so‘nggi jangda ham o‘z so‘zini aytdi va musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Eng og‘ir vazn toifasida hisoblangan +91 kg vaznda Jahongir Zokirov finalda raqibini muddatidan avval mag‘lub etib, yurtimizga ikkinchi oltin medalni keltirdi.
Shuningdek, -69 kgda ishtirok etgan A’loxon Abdullaev va -81 kg vazn toifasida Shohjahon Abdullaev musobaqaning bronza medallariga ega chiqdilar.
Fikrlar