
Boks. Fyurining otasi: Agar Joshua bilan jang bekor bo‘lsa, bizda boshqa nomzodlar bor
Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri o‘g‘lining Entoni Joshua bilan bo‘lajak jangi barbod bo‘lgan taqdirda, uning o‘rniga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy bokschilar nomini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Joshua va Fyuri o‘rtasidagi jang 3 dekabr kuni Kardiffda bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi. Ammo tomonlar haligacha kelishuvga erisha olishmagan.
“Jangning bu yil bo‘lib o‘tishi juda shubhali. Biz jang o‘tkazish uchun Joshua va uning jamoasinita’qib qilmoqdamiz. Lekin ular shunchaki buni xohlamashmayappti. Ishonamanki, Joshua o‘z g‘alabasiga shubha qilyapti.
Bilasizmi, ular bilan shartnoma imzolash bo‘yicha anchadan beri ishlar olib borilmoqda, ammo hozircha hech narsa sodir bo‘lmadi. Ular muzokaralarni ikki yilga cho‘zishga urinmoqda, ammo biz buni xohlamaymiz.
Tayson shartnoma imzolanishini istagani uchun muddatni belgilab qo‘ydi.
Biz yana bir qator boshqa bokschilar variantini ham ko‘rib chiqamix. Biz Endi Ruiz, Luis Ortis, Filip Xrgovich va boshqa jang qilmoqchi bo‘lgan barcha nomzodlarni o‘rganib chiqamiz”, - dedi Fyuri.
Fikrlar