
Boks. Hamyurtlarimiz ishtirokidagi jahon chempionati final janglarini JONLI EFIRda tomosha qiling (video)
Ayni damda Ispaniyada davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining so‘nggi kungi final janglari bo‘lib o‘tmoqda. E’tiborlisi, bugun 6 nafar bokschimiz oltin medallar uchun finalda ishtirok etadi.
Quyida hal qiluvchi bahsda ringga ko‘tariladigan bokschilarimiz bilan yana bir bor tanishtirib o‘tamiz:
-67 kg: Javohir Ummataliev - Nurbek Mursal (Qozog‘iston) (22:15 dan so‘ng)
-71 kg: Fazliddin Erkinboev - Levante Gemes (Vengriya) (22:45 dan so‘ng)
-70 kg: Aziza Zokirova - Veronika Nakota (Ukraina) (23:00 dan so‘ng)
-75 kg: To‘rabek Xabibullaev - Daulet Tulemissov (Qozog‘iston) (23:15 dan so‘ng)
-80 kg: Rahmatillo Boymatov - Mikita Zasenok (Ukraina) (23:30 dan so‘ng)
-81 kg: Oltinoy Sotimboeva - Amber Moss (Angliya) (00:10 dan so‘ng)
Janglarning taxminiy vaqtlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Quyida janglarni jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar