
Boks. IBA Rossiya va Belarus bokschilariga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
Xalqaro boks federatsiyasi (IBA) direktorlar kengashi Rossiya va Belarus davlati sportchilarini musobaqalarga qo‘ymaslik bo‘yicha avvalgi qarorni bekor qilish uchun ovoz berdi va endi ushbu mamlakat bokschilari IBA shafeligida o‘tkaziladigan barcha musobaqalarda o‘z davlat bayroqlari ostida ishtirok etishlari mumkin.
“IBA siyosat sportga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi kerakligiga qat’iy amal qiladi. Shuning uchun barcha sportchilarga teng sharoit yaratilishi kerak.
Xalqaro sport federatsiyasi sifatida avtonomiyani hurmat qilgan holda, IBA siyosiy jihatdan neytral va mustaqil bo‘lib qolishi kerak.
IBA tinchlikka chaqiradi va har qanday mojaroda tinchlikparvar bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, IBA sportchilar va musobaqa rasmiylariga, ularning fuqaroligi va yashash joyidan qat’i nazar, teng munosabatda bo‘lishini ta’minlashi shart.
Qarorga ko‘ra, Rossiya va Belarusiyadan hakamlar va texnik xodimlar musobaqaga qaytadilar, barcha bokschilar o‘z mamlakatlari bayroqlari ostida ringga chiqadilar”, — deyiladi Rossiya boks federatsiyasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Sentyabr oxirida rossiyalik Umar Kremlyov Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidentligiga qayta saylangan edi.
Fikrlar