Boks. Minskdagi turnirda 8 nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi!

  • 24.11.2022 22:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabar berib o‘tganimizdek, Minsk shahrida boks bo‘yicha V.I.Livintsev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazilmoqda. Hozircha turnirda yarim final bellashuvlari yakunlandi.

E’tiborlisi, bahslarda qatnashayotgan 11 nafar bokschimizning 8 nafari musobaqa finaliga yo‘l oldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Qayd etish lozimki, -67 kg vazn toifasida finalda "o‘zbekcha derbi" bo‘ladi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev va Bekzod Hamidov o‘zaro hisob-kitob qiladi. Shuningdek, -80 kg vaznli Jasurbek Yo‘ldoshev yarim finalda yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni hisoblangan rossiyalik Vaseliy Kaverinni mag‘lubiyatga uchratganini alohida e’tirof etish lozim.

Musobaqa finaliga quyidagi bokschilarimiz etib kelishdi:

-48 kg: Nodirjon Mirzaxmedov
-54 kg: Sanjarbek Vahobov
-57 kg: Samandar Xolmurodov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-67 kg: Bekzod Hamidov
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-75 kg: A’loxon Abdullaev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev.

Final janglari 26 noyabr kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!