Boks. Olimpiada sovrindori Farzona Fozilovani o‘yindan chiqardi. Sabina Boboqulova esa g‘alabali yurishini davom ettirmoqda

  • 2 iyul, 14:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

30 iyundan 7 iyulga qadar Qozog‘istonning Ostana shahri "World Boxing" tashkiloti kubogiga mezbonlik qiladi.

Tecno

Bugungi birinchi bahsda, vakilamiz Farzona Fozilova -48 kg vaznda qozog‘istonlik Olimpiada sovrindori (Parij-2024, bronza) Nazim Kizaibayga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Hamyurtimiz Sabina Boboqulova esa -51 kg vaznda italiyalik Martina Vassalloni katta ustunlik bilan engib (5:0), chorak final bosqichiga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Navbahor Hamidova va norvegiyalik Angelsen Madeleiene to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!