Boks. Osiyo chempionatida qaysi davlat vakillari eng ko‘p yarim finalga chiqdi?

  • 8 noyabr, 2022, 18:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Iordaniyaning Amman shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatining chorak final bahslari yakunlandi.

Tecno

Yarim finalga O‘zbekiston terma jamoasidan 13 nafar bokschi etib keldi. Terma jamoamiz 23 nafar bokschi bilan musobaqaga yo‘l olgandi. Eng ko‘p ishtirokchi - Qozog‘istondan. Qo‘shnilarimizning 21 nafar bokschisi medalni naqd qilgan. Ular musobaqaga to‘liq tarkibda - 25 nafar bokschi bilan borishgandi. Hindiston terma jamoasi esa 12 ta yarim finalga ega.

Umumiy hisobda: (25 ta vazndan)

Qozog‘iston - 21
O‘zbekiston - 13
Hindiston - 12
Mo‘g‘uliston - 10
Yaponiya, Iordaniya - 7
Janubiy Koreya - 6
Tailand - 5
Xitoy Taypeyi, Qirg‘iziston - 4
Filippin - 3
Eron, Tojikiston, Vetnam - 2
Pokiston - 1

Erkaklar o‘rtasida (13 ta vaznda) ham mos ravishda eng ko‘p yarim finalchi Qozog‘istondan - 12 ta. O‘zbekistondan esa 10 nafar bokschi yarim finalga yo‘l oldi. Hindiston, Iordaniya va Mo‘g‘uliston 5 tadan yarim finalchiga ega.

Erkaklar:

Qozog‘iston - 12
O‘zbekiston - 10
Hindiston, Iordaniya, Mo‘g‘uliston - 5
Qirg‘iziston - 4
Eron, Yaponiya, Tojikiston, Tailand - 2
Xitoy Taypeyi, Pokiston, Filippin - 1


Ayollar (12 ta vaznda) o‘rtasida ham Qozog‘iston etakchi - yarim finalda 9 nafar ishtirokchi. Hindistonda 7 nafar, Janubiy Koreyada esa 6 ta yarim finalchi bor. O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi final yo‘llanmasi uchun kurashadi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqaga 10 nafar bokschi bilan yo‘l olgandi.

Ayollar:

Qozog‘iston - 9
Hindiston - 7
Janubiy Koreya - 6
Yaponiya, Mo‘g‘aliston - 5
Xitoy Taypeyi, Tailand, O‘zbekiston - 3
Iordaniya, Filippin, Vetnam - 2.

Eslatib o‘tamiz, bugun musobaqada dam olish kuni. Yarim final bahslariga ertadan start beriladi.

Manba: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!