
Boks. Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi. Erkaklar terma jamoamiz o‘z raqiblarini bilib oldi
Hozirgina Iordaniyaning Amman shahri mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quyida erkaklar o‘rtasida qu’ra tashlash natijalari bilan tanishib olishingiz mumkin:
-48 kg
Asilbek Jalilov (O‘zbekiston) - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston)
-51 kg
Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. Hamyurtimizga Tailand yoki Eron vakili raqiblik qiladi
-54 kg
Shahzod Muzaffarov (O‘zbekiston) - Zakir Husayn (Pokiston)
-57 kg
Abdumalik Xalakov (O‘zbekiston) - Suket Saravut (Tailand)
-60 kg
Adhamjon Muhiddinov (O‘zbekiston) - Paul Julifer Baskon (Filippin)
-63,5 kg
Ruslan Abdullaev (O‘zbekiston) - Kitamoto Shunsuke (Yaponiya)
-67 kg
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. Hamyurtimizning ilk raqibi Hindiston yoki Xitoy Taypeyi vakili bo‘ladi.
-71 kg
Xavasbek Asadullaev (O‘zbekiston) - Otgonbatar Byamba (Mo‘g‘uliston)
-75 kg
Saidjamshid Jafarov (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. Hamyurtimizning ilk raqibi Tojikiston yoki Suriya vakili bo‘ladi
-80 kg
Odiljon Aslonov (O‘zbekiston) - Jinxun Park (Janubiy Koreya)
-86 kg
Shohjahon Abdullaev (O‘zbekiston) ikkinchi davradan boshlaydi. Hamyurtimiz Iordaniya yoki Turkmaniston vakiliga qarshi o‘tkazadi
-92 kg
Madiyar Saidrahimov (O‘zbekiston) ikkinchi bosqichdan boshlaydi. Hamyurtimiz ilk jangida Kambodja yoki Koreya vakiliga qarshi ringga ko‘tariladi
+92 kg
Lazizbek Mullojonov (O‘zbekiston) - Ali Alqrib (Quvayt)
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 13 nafar, ayollar terma jamoasi esa 10 nafar bokschi bilan musobaqada ishtirok etadi.
Fikrlar