Boks. Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunladik!
Avval xabar berganimizdek, ayni damda Ammanda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatining so‘nggi kungi janglari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 7 nafar bokschimiz Osiyo chempionligi uchun jang o‘tkazadi.
Quyida hamyurtlarimiz ishtirokidagi jang natijalarini bevosita matnli onlayn tarzida kuzatib borishingiz mumkin:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov Saken Bibosinov (Qozog‘iston) ustidan g‘alaba qozondi.
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Serik Temirjanov (Qozog‘iston) - Yana bir qozog‘istonlik jangchi bilan to‘qnashuvda yurtdoshimiz g‘alaba qozondi va Osiyo chempioni bo‘ldi.
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev - Shiva Tapa (Hindiston) - Ruslan ham hindistonlik raqibi bilan jangni o‘z hisobiga hal qildi va Osiyo chempioniga aylandi. UChINChI OLTIN!
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Nurkanat Rayis (Qozog‘iston) - Saidjamshidning to‘liq ustunligida o‘tgan bahsda u raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan g‘alaba qozondi va Osiyo chempioniga aylandi. TO‘RTINChI OLTIN!
-80 kg: Odiljon Aslonov - Huseyn Iashish (Iordaniya) - Hamyurtimiz iordaniyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Dastlabki kumush!
-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Aybek Oralbay (Qozog‘iston) - Madiyar ham qozog‘istonlik raqibiga yutqazdi. Ikkinchi kumush...
+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Kamshibek Konkabaev (Qozog‘iston) - Lazizbek Mullajonov Kamshibek Konkabaev ustidan g‘alaba qozondi va terma jamoamiz hisobiga beshinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi!

Fikrlar