Boks. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Ruminiyadagi xalqaro turnirga yo‘l oldi

  • 21.02.2023 11:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks

21-28 fevral kunlari Ruminiyaning Brashov shahrida boks bo‘yicha "Dracula Open" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ushbu musobaqada o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustalari ham ringga ko‘tarilishadi. Bugun tongda musobaqada ishtirok etuvchi vakillarimiz Ruminiyaga jo‘nab ketishdi.

Terma jamoamiz quyidagi tarkibda bahslarga yo‘l oldi:

-51 kg: Mirali Mavlonov
-60 kg: Sayat Ilyasov
-67 kg: Shavkatjon Boltaev
-71 kg: Javohir Ummataliev
-75 kg: Fazliddin Erkinboev

Bosh murabbiy: Olim Muxamedov
Murabbiy: Sherzod Ahmadjonov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!