Boks. U-19 terma jamoamiz ishtirokidagi chorak final bahslari yakunlandi!

  • 7 avgust, 18:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Tecno

Bugun chorak finallarning oxirgi kuni bo‘lib o‘tdi. Kun doirasida Yoshlar (U-19) terma jamoamiz yigitlari o‘zining yarim final oldidan bahslarini o‘tkazishdi. 

-50 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bugungi birinchi chorak final bahsida, Odilshox Halimov mezbon Kiattisak Sukvega 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi;

Abdulaziz Abdunazarov -55 kg vaznda o‘tkazilgan jangda, hindistonlik Shivamga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi;

-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan chorak finalda, Abdurahmon Mahmudjonov xitoylik Kun Vangni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi;

-65 kg vaznda o‘tkazilgan navbatdagi jangda, Jahongir Zayniddinov Janubiy Koreya vakili Seyoung Songga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0;

Abdulaziz Jo‘raqulov ham yarim finalga yo‘l oldi. Bokschimiz -70 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, xitoylik Haosheng Jangni qiyinchiliksiz engdi - 5:0;

Muhammadjon Yaqupboev yarim final yo‘lida turkmanistonlik Ismail Orazmiradov ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi;

Norbek Abdullaev ham keyingi bosqichga chiqdi. Bokschimiz -80 kg vazndagi chorak finalda xitoylik Jennan Suoni 5:0 hisobida taslim etdi;

Samir Sobirov -85 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Vetnam vakili Troung Kiet Lini birinchi raunddayoq mag‘lubiyatga uchratdi;

-90 kg vaznda o‘tkazilgan to‘qnashuvda, Muhammadrizo Siddiqov hindistonlik Hemant Sangvandan 0:5 hisobida engildi;

+90 kg da Islam Salihov Janubiy Koreya vakili Geonhui Leeni 2-raundda texnik nokautga uchratdi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!