Boks. V.A.Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir. Hasanboy Do‘smatov ringga ko‘tarilmoqda

  • 03.10.2022 11:09
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boks

Andijonda V.A.Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir davom etmoqda. Bugun, yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.

Quyida barcha natijalarni onlayn yozib boramiz. G‘alaba qozongan bokschilar qoraytirilgan tarzda berib boriladi.

Kunduzgi dastur:

-48 kg: Asilbek Jalilov (Buxoro) - Kamronbek Mannobov (Andijon)

Kamronbek Mannobov qiziqarli kechgan jangda g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi.

-48 kg: Doniyor Bekmurodov (Yoshlar terma jamoasi) - Nodirjon Mirzahmedov (Toshkent)

Tajribali Nodir Mirzahmedov g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini naqd qildi.

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov (Andijon) - Shodiyor Meliqo‘ziev (Farg‘ona)

Hasanboy Do‘smatov yosh raqibiga o‘ziga xos master-klass o‘tab berdi. Hatto, ikkinchi raundda Meliqo‘ziev nokdaun holatiga tushib qoldi. Yaqqol dominantlik qilgan Hasanboy yakunda finalga yo‘l oldi.

-51 kg: Ziyovuddin Alijonov (Yoshlar terma jamoasi) - Foziljon Abdumurodov (Jizzax)

Foziljon Abdumurodov qiyin jangda g‘alaba qozondi.

-54 kg: Sadirbek Kamolmirzaev (Farg‘ona) - Avazjon Yo‘ldoshev (Farg‘ona)

Avazjon Yo‘ldoshev 2-raunddan jarohat olganligi sababli g‘alaba Sadirbek Kamolmirzaevga berildi.

-54 kg: Abduvali Bo‘riboev (Yoshlar terma jamoasi) - Sanjar Vahobov (Toshkent viloyati)

Sanjar Vahobov qiyin kechgan jangda g‘alabaga erishdi.

-57 kg: Abdumalik Halakov (Toshkent viloyati) - Akiitay Rabatov (Qozog‘iston)

Xalakovda biroz jarohat sabab bu jang o‘tkazilmadi.

-57 kg: Mirzabek Mirzahalilov (Farg‘ona) - Samandar Xolmurodov (Jizzax)

Xolmurodov qiyin kechgan jangda g‘alaba qozondi.

-60 kg: Sirojbek Ismoilov (Andijon) - Erasil Tankay (Qozog‘iston)

Shunqor Abdurasulovni sensatsion tarzda musobaqalar chiqarib yuborgan Siroj Ismoilov g‘alabali odimini davom ettiradi va finalga yo‘l oldi.

-60 kg: Dilshod Abdumurodov (Surxondaryo) - Adham Muhtdinov (Toshkent viloyati)

Qiziqarli kechgan jangda Abdumurodov g‘alabaga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!