Boks. Yoshlarimiz jahon chempionatiga yo‘l oldi

  • 11 noyabr, 2022, 14:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

14-26 noyabr kunlari Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniya safariga yo‘l oldi.

Tecno

Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu musobaqada 20 nafar bokschi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Olim Muhamedov hamda Timur Axbaev boshchiligida yigitlar va qizlar jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Yigitlar:
-48 kg: Mirali Mavlonov
-51 kg: Ziyovuddin Alijonov
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiev
-57 kg: Baxtiyor Asadov
-60 kg: Mirkomil Saidoxunov
-63,5 kg: Shavkatjon Boltaev
-67 kg: Javohir Ummataliev
-71 kg: Fazliddin Erkinboev
-75 kg: To‘rabek Xabibullaev
-80 kg: Rahmatulla Boymatov
-86 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
-92 kg: Aynazar Kenesbaev

Qizlar:
-48 kg: Gulsevar G‘anieva
-50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg: Muxlisa Xushvaqtova
-60 kg: Mohira Ahmedova
-63 kg: Sitora Bahodirova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sahobat Husanova
-81 kg: Oltinoy Sotimboeva

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!