
Bokschi Oleksandr Usik eng yoqtirgan futbolchisi kim ekanini aytdi
Professional boksning og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF kamarlari egasi ukrainalik Oleksandr Usik yoqtirgan futbolchisi kim ekanligi haqidagi savolga javob berdi.
"Men yoqtirgan ukrainalik - Andrey Shevchenko. Bolalik paytlarimda Gabriel Batistutani yaxshi ko‘rardim. Ingliz o‘yinchilaridan esa Ueyn Runini e’tirof etaman. Mening yakuniy javobim - Batistuta", - deydi Usik.
Fikrlar