Mujibullo engilmas professional bokschiga qarshi chempionlik jangini o‘tkazadi

  • 6 iyun, 2023, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbek va qozoq boks maktabi tarbiyalanuvchilari o‘z mahoratini ko‘rsatgan edi. O‘zbekistonlik va qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalarining o‘zaro raqobati muxlisu mutaxassislarda alohida qiziqish uyg‘otishi hech kimga sir emas.

Tecno

Endi professional ringda ham o‘zbek-qozoq “el-klasiko”si o‘tkazilishi kutilmoqda.

Qozog‘istonning sports.kz  saytining yozishicha, 23 yoshli iste’dodli qozoq bokschisi Dilshod Nurim 16 iyun kuni  Toshkent shahri mezbonlik qiladigan professional boks kechasida mintaqaviy chempionlik jangini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

26712918_125_0_2856_2048_1920x0_80_0_0_80359b736bff0bbc02ed5a060e6d0c73

Manbaga ko‘ra, Dilshod Nurim o‘zbek boks maktabiyaning yangi avlodi – Mujibullo Tursunov bilan kuch sinashadi. Bu jang – 63,5 kilogramm vazn toifasida professional boksning WBC yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionligi uchun tashkil etiladi.

Ta’kidlash joizki, har ikki bokschi ham havaskorlar, ham professionallar o‘rtasidagi janglarda qatnashib kelmoqda.

Professional ringda Dilshod Nurimning tajribasi yaqqol ustun. 23 yoshli charm qo‘lqop ustasi profringdagi faoliyatini 2021 yili boshlagan va ketma-ket oltita uchrashuvda zafar quchgan. Shulardan uchtasida raqiblari – qozog‘istonlik Baurjan Seytnazarov, tojikistonlik Abubakr Sharipov va qirg‘izistonlik Dostonbek Imonqozievni nokaut bilan enggan.

Oxirgi jangini o‘tgan yili dekabr oyida Toshkentda o‘tkazib, hamyurtimiz Farrux Arslonovdan ochkolar hisobida ustun kelgan.

Mujibullo Tursunov professional boksdagi faoliyatini boshlaganiga hali bir yil bo‘lgani ysho‘y. Shu paytga qadar ikki jangda ringga ko‘tarilib, raqiblari Rahmatullo Sharipov va Shohruh Kenjaevni mag‘lubiyatga uchratdi.

Havaskor boks borasida hamyurtimizning tajribasi ancha baland. Mujibullo shu kunga qadar 31 ta jangda muvaffaqiyat qozongan va olti marota mag‘lubiyatga uchragan.

Tursunov faoliyati davomida o‘zbekistonlik Ruslan Abdullaev, Otabek Xolmatov, Shukurjon Rahimov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev, Sulaymon Latipov, marokashlik Abdulhaq Nodir, Muhammad Xamut, rossiyalik Tigran Uzlyan, belaruslik Dmitriy Asanov, ispaniyalik Adrian Tiam, qozog‘istonlik Abzal Serik, Ertugan Zeynullinov, ukrainalik Yaroslav Xartsiz, gruziyalik Lasha Gagnidze,  amerikalik Emelio Garsiya kabi kuchli raqiblardan ustun kelgan.

mujibillo-02

Dilshod Nurimning havaskor boksdagi natijalari va ko‘rsatkichlari biroz kamtarroq. Qozog‘istonlik bokschi sakkizta g‘alaba va ettita mag‘lubiyat qayd etgan.

Har ikki bokschi bo‘lajak jangga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!