Bonuchchi Moratani "Milan"ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi

  • 17 iyul, 2017, 11:10
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mavsumlar oralig‘ida “Real”dan ketishni rejalashtirgan Alvaro Morata faoliyatini  “Milan”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, 24 yoshli forvardning xizmatlariga dastlab “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Biroq, yakunda “qizil iblislar” bu borada madridliklar bilan kelisha olishmadi. Endi esa unga “Milan” klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lmoqda. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra “rossonerilar”ning yangi a’zosi Leonardo Bonuchchi o‘zining “Yuventus”dagi sobiq jamoadoshini “Milan”ga o‘tishga ko‘ndirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” hujumchisi uchun 90 mln evro talab qilmoqda. Morataning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!