“Borussiya” 17 yoshli futbolchini 120 millionga sotmoqchi
Iste’dodlarni kashf qilishi bilan nom chiqargan “Borussiya” 17 yoshli futbolchisi Jud Bellingemning transfer summasini e’lon qildi.
O‘tgan yozda 23 million evro evaziga “Birmingem”dan olib kelingan yosh yarim himoyachi Bundasligadan tashqari, xalqaro uchrashuvlarda ham o‘zini ko‘rsatib kelmoqda. Jud Bellingem yaqinda Evropa Chempionlar ligasining chorak final javob bahsida “Manchester Siti” darvozasini ishg‘ol qilganidan keyin uning xaridorlari ko‘payib bormoqda.
Xususan, Angliya chempionatida “Manchester Siti” bilan raqobatlashayotgan “Liverpul” va “Chelsi” Xosep Gvardiola shogirdlari darvozasiga yo‘l topa oladigan yosh futbolchini o‘z tarkibida ko‘rmoqchi bo‘lyapti.
Bellingemga talab oshib borayotganini inobatga olgan dortmundliklar uni 120 million evroga baholashini bildirdi. “Borussiya” xo‘jayinlari shu summadan past takliflari ko‘rib chiqmaydigan bo‘ldi.
Jud Bellingem joriy mavsumda Bundesligada 25 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar